Biz hamkorlarimizga quyidagilarni o'z ichiga olgan “Full Force Distributor” xizmatini taklif etamiz: Tahlil, savdo va yetkazib berish prognozlari: Savdo va yetkazib berishni to‘g‘ri rejalashtirish tahlil guruhimiz uchun ustuvor vazifadir. Tovar taqchilligi bilan bog'liq vaziyatlarni bartaraf etish barqaror o'sishning asoslaridan biridir. Savdo jamoasi boshqaruvi: Savdo bo'yicha mutaxassislarimiz o'z bilim va tajribalarini hamkorlarimiz bilan birgalikda belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun yo'naltiradilar va butun mamlakat bo'ylab savdoni bevosita nazorat qiladilar. Trening, murabbiylik va rivojlanish: Malakali murabbiylarimiz jamoamizning har bir a’zosini kamol toptirish bilan birga, malakali yetakchilarni tayyorlashda ham faol ishtirok etishmoqda.
Bizning manzil : Urganch shaxar